1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada 3 kishi aroqdan zaharlanib vafot etdi

Ular qo‘lbola usulda tayyorlangan aroqdan isteʼmol qilgan.

Farg‘onada 3 kishi aroqdan zaharlanib vafot etdi

 

Avvalroq Farg‘ona viloyatida yetti kishi qo‘lbola aroqdan zaharlangani, ulardan biri vafot etgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, vafot etganlar soni to‘rt nafarga yetdi.

 

5 sentyabr kuni viloyatning Qo‘shtepa tumanida yashovchi ikki kishi nomaʼlum moddadan zaharlanish oqibatida sog‘lig‘i yomonlashib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan. Shu kuni Oltiariq tumanida yashovchi besh nafar fuqaro nomaʼlum moddadan zaharlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

 

O‘shanda zaharlanganlardan biri vafot etgandi. Bosh prokuratura bergan maʼlumotga ko‘ra, yana uch kishi qo‘lbola aroqdan vafot etdi.

 

Holat yuzasidan 6 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 186 (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 186-1-moddalari (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi A.D. protsessual tartibda ushlangan.

 

Ayni paytda tergov davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика