1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada bankdan qarzdor fuqaroning mashinasi xatlandi

Garov mulk sifatida belgilangan avtomashina qarzdor qonun talablarini bajarmagani uchun qidiruvga berilgan edi.

Farg‘onada bankdan qarzdor fuqaroning mashinasi xatlandi

ATB foydasiga 310 000 000 so‘m qarzni undirish bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan DAF rusumli yuk avtomashinasi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlanib, qonuniy tartibda xatlandi.

 

Sud qaroriga binoan garov mulk sifatida belgilangan avtomashina qarzdor qonun talablarini bajarmagani uchun qidiruvga berilgan edi. Tezkor tadbirlar natijasida uning joylashuvi aniqlanib, hujjatlari tekshirildi va tegishli tartibda xatlovga olindi.

 

Endi avtomashina baholanadi. Agar qarz ixtiyoriy to‘lanmasa, u auksion savdoga chiqarilib, tushgan mablag‘ ATB foydasiga o‘tkaziladi.

 

Byuro eslatishicha, qarz o‘z vaqtida to‘lansa, mulkni sotish va qo‘shimcha choralar qo‘llanilmaydi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика