1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onadagi zavoddan chaqaloq jasadi topildi

Maʼlum bo‘lishicha, u zavod hududiga ko‘mib ketilgan.

Farg‘onadagi zavoddan chaqaloq jasadi topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida chaqaloq jasadi topilganligi haqidagi xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy axborot berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 28 noyabr kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi hududida yer maydoniga homila ko‘mib ketilganligi aniqlangan.

 

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasida, homila o‘g‘il bola jinsiga mansub 3-4 oylik ekanligi keltirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика