1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onalik erkak dadasi bilan urishib qolib, uyini yoqib yubordi

Sud hukmi bilan unga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Farg‘onalik erkak dadasi bilan urishib qolib, uyini yoqib yubordi

Maʼlum qilinishicha, 2020 yilda uning opasi turmushidan ajrashib, uyiga qaytib kelgan. Shundan so‘ng, opa va uka arazlashib qolgan. Oqibatda ukasi ijaraga uy olib, oilasini olib ketgan.

 

2024 yil 4 yanvar kuni tush vaqti u otasinikiga kelib, ular bilan yana tortishib qolgan. Soat 19:30 larda tanishidan 10 litr benzin olib, otasi, opasi va xolasi ichkari uyda suhbatlashib o‘tirgan vaqtda uyga o‘t qo‘ygan. Shundan so‘ng amakisining o‘g‘liga qo‘ng‘iroq qilib, uyni yoqib yuborganini aytgan.

 

FVB xodimlari yong‘inni to‘liq bartaraf etgan va IIB xodimlarini chaqirgan. Aniqlanishicha, turarjoy bino-inshootlariga 49 137 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

 

Sud uni 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Shuningdek, sudlanuvchidan otasiga yetkazilgan moddiy zararni undirish ham belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика