1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Farg'onalik qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha olib tashlandi

Murakkab operatsiya to'rt soat davom etgan.

Farg'onalik qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha olib tashlandi

 

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida to‘rt soatlik murakkab operatsiya amalga oshirildi. Unda qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha olib tashlandi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, qizaloq magnit sharchalar bilan o‘ynab kelgan va shu jarayonda ulardan ancha-munchasini ichiga yutgan. Vaqt o‘tishi bilan sharchalar qornida yig‘ilib qolgan va uning hayotiga jiddiy xavf solgan. Ota-onasi zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filialiga murojaat qiladi.

 

Tekshiruvlar o‘tkazilganida qorinning ikki yonida magnitlar yig‘ilib qolgani aniqlangan. Shifokorlar konservativ usulda davolashga kirishib, qayd qildirish orqali sharchalardan 14 donasini chiqarib oladi.

 

Shundan so'ng, ota-ona bolasini Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib keladi. Bu yerda go‘dak yana bir bor tekshiruvdan o‘tkazilgach, jarrohlik amaliyoti boshlab yuboriladi.

 

Shifokorlar sa’y-harakati bilan qizaloq qornidagi 135 ta magnit sharcha olib tashlanadi. Ayni chog‘da qizaloq shifokorlar nazoratida o‘zini yaxshi his etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика