15-apreldan boshlab Saymen kanali, shuningdek Haapasaari va Santio dengiz nazorat punktlari faoliyati to‘xtatiladi. Shuningdek, Imatra, Kuusamo, Niirala, Nuyyamaa, Rayya-Yosepi, Salla, Vaalimaa va Vartius quruqlikdagi nazorat punktlari “keyingi xabarnomaga qadar” yopiq bo‘ladi.
Bundan tashqari, Finlyandiya Rossiya Federatsiyasi bilan chegarada to‘siqlar o‘rnatmoqda.
"Rossiya niqonuniy muhojirlardan Finlyandiyaga bosim usuli sifatida foydalanayotgani sababli tegishli choralar ko‘rilmoqda", — deya bunga izoh berdi Finlyandiya Ichki ishlar vaziri.


