Fransiyada tezlikni ortiqcha oshirgan haydovchilar uchun yangi qattiq jazolar joriy etildi. Yangi tartib 2025 yilning 29 dekabridan kuchga kiradi.
Endi 50 km/soatdan ortiq tezlik bilan harakat qilgan haydovchilar uch oygacha qamoq jazosi va 3750 yevro miqdorida jarima to‘lashga majbur bo‘ladi.
Shuningdek, bunday haydovchilarning transport vositalari musodara qilinadi va ularning haydovchilik guvohnomasi uch yil muddatga to‘xtatiladi.


