1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiyada diplomatlar ish tashlamoqchi

Bu hukumatning kadrlar sohasidagi islohotidan so‘ng kelib chiqqan.

Fransiyada diplomatlar ish tashlamoqchi

 

2 iyun kuni Fransiyada diplomatlar ish tashlaydi. Bu tashqi siyosiy idora xodimlarining hukumatning tashkiliy islohotlaridan noroziligi ortidan yuzaga kelgan.

 

Ushbu harakatni amalga oshirish uchun fransuz diplomatlarini birlashtirgan yettita kasaba uyushmalari kelishib olgan. Hozirga qadar Fransiyada TIV markaziy apparati va elchixonalarga faqatgina professional diplomatik xodimlarni tayinlash tartibi joriy etilgan edi.

 

Ammo endilikda maslahatchilar va elchilar alohida kasbiy maqomni yo‘qotadi va prefektlar hamda moliya inspektorlari kabi “davlat maʼmurlari” maqomiga o‘tkaziladi. Bu esa diplomatik xizmatlarga boshqa soha vakillarining ham jalb etilishini nazarda tutadi.

 

“Bu professional karyera, bizning missiyamiz va hukumat bilan munosabatlarimizni so‘roq ostiga oladi. Diplomatik xizmat asta-sekin yo‘qolib boradi: o‘tgan 30 yilda tashqi siyosiy idora shtati yarmiga qisqardi. Bu diplomatik mexanizmning buzilishiga olib keladi”, – degan ish tashlash tashkilotchilari.

 

Fransiyaning Quvayt va Ozarbayjondagi elchilari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.

 

Parij diplomatik shtat bo‘yicha dunyoda AQSH va Xitoydan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Hozirda TIV tizimida 14 ming xodim ishlaydi.

 

Mamlakatda so‘nggi bor diplomatlar 2003 yilda ish tashlagan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика