1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

G7 Rossiyaning yakkalanishini kuchaytiradi — AQSH

Sammit 19-21 may kunlari Yaponiyada bo‘lib o‘tadi.

G7 Rossiyaning yakkalanishini kuchaytiradi — AQSH

 

Shu hafta Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan G7 yetakchilari sammiti ishtirokchilari Rossiyaning yakkalanishini chuqurlashtirish uchun aniq qadamlar qo‘yadi. Bu haqda brifingda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi koordinatori Jon Kirbi maʼlum qildi.

 

"Rossiya bosqinidan buyon o‘tgan 15 oy ichida G7 Ukraina bilan birdamlik ko‘rsatdi, qo‘llab-quvvatladi va Putinni butun dunyo bo‘ylab asosiy texnologiya hamda moliyalashtirishdan mahrum qildi", — dedi Bayden maʼmuriyati rasmiysi.

 

Uning taʼkidlashicha, G7 mamlakatlari o‘rtasidagi hamjihatlik darajasi hozir o‘tgan yilgidan ham kuchliroq.

 

"Biz Rossiyani yana-da yakkalab qo‘yish va uning urush olib borish qobiliyatini zaiflashtirish bo‘yicha aniq harakatlarni ko‘rsatamiz", — dedi Kirbi.

 

Eslatib o‘tamiz, G7 yetakchilarining sammiti 19-21 may kunlari Yaponiyaning Xirosima shahrida bo‘lib o‘tishi kerak.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика