1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Gaaga sudi Putinni hibsga olish uchun order berdi

Bu haqda sud matbuot xizmati ma'lum qildi.

Gaaga sudi Putinni hibsga olish uchun order berdi

 

Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish uchun xalqaro orderlar chiqardi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar berdi.

 

“Bugun Xalqaro jinoiy sudning Ikkinchi sudgacha palatasi Ukrainadagi vaziyat kontekstida ikki shaxsni hibsga olish uchun order berdi: janob Vladimir Vladimirovich Putin va Mariya Alekseyevna Lvova-Belova (Rossiyadagi bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsman)", deyiladi press-relizda. 

 

Sudning tushuntirishicha, Putin va Lvova-Belova ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilinmoqda.

 

Bir kun avval BMTning tergov komissiyasi ukrainalik bolalarning Rossiyaga olib ketilishi urush jinoyati sifatida baholanishi mumkinligini aytgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика