1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniyada diskotekaga hujum qilgan erkak otib o‘ldirildi

Politsiya zobitlaridan biri o‘q uzib, uni og‘ir jarohatlagan.

Germaniyada diskotekaga hujum qilgan erkak otib o‘ldirildi

Germaniyaning Oldenburg shahrida kecha tongga yaqin diskotekaga hujum qilgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, hujum natijasida bir necha kishi yengil jarohat olgan. Jinoyatchi voqea joyidan qochgan, politsiya esa uni taʼqib qilgan. Hujumchi politsiyachilarga ham qarshilik ko‘rsatgan.

 

Uning quroli bor-yo‘qligi hozircha nomaʼlum. Ammo politsiya zobitlaridan biri o‘q uzib, uni og‘ir jarohatlagan. Hujumchi ko‘p o‘tmay shifokorlar yetib kelishidan avval vafot etgan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика