1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniya O‘zbekistonga 355 ming doza vaksina yuboradi

O‘zbekiston va Tojikistonga Germaniya tomonidan koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi taqdim etiladi. Bu haqda Germaniya Federativ Respublikasi rasmiy vakilining o‘rinbosari Ulrike Demmerga asoslanib  DW nashri maʼlum qildi.

Germaniya O‘zbekistonga 355 ming doza vaksina yuboradi

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mos ravishda Toshkent va Dushanbega 355,200 va 100,800 doza vaksinalar ajratiladi.

 

Shuningdek, Sudan (357,600), Efiopiya (271,200) va Afg‘oniston(213,600)ga ham vaksina yuboriladi. 

 

Germaniya COVAX dasturi doirasida yil oxirigacha 30 million dozani rivojlanayotgan mamlakatlarga beradi. Bu qaror 21 may kuni Rimda bo‘lib o‘tgan Global sog‘liqni saqlash sammitida qabul qilingandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика