1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniyada 40 ming tonnalik ko‘prik ilk bor harakatlantirildi

A45 yo‘li orqali har kuni 60 mingta mashina o‘tadi.

Germaniyada 40 ming tonnalik ko‘prik ilk bor harakatlantirildi

Germaniyada og‘irligi 40 ming tonna bo‘lgan ko‘prik ilk marta gidravlika yordamida harakatga keltirildi. A45 avtomagistrali ustidagi Rhinsdorf vodiysi ko‘prigining oltita ustuni ikki santimetr ko‘tarildi va orasiga maxsus sirpanadigan teflon plitalar qo‘yildi.

 

Muhandislar katta gidravlik presslar va moylash vositalari yordamida bu ulkan inshootni aniq harakatlantirishdi. Bu ish ko‘prikning yangi qurilgan qismi ustida bajarildi.

 

Bu texnologiya Germaniyada birinchi bor qo‘llanildi. Mutaxassislarning aytishicha, u boshqa eski ko‘priklarni ham tez va arzon ta’mirlashga yordam beradi. A45 yo‘li orqali har kuni 60 mingta mashina o‘tadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика