1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Germaniyada shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir start oldi

Unda jahonning yetakchi shaxmatchilari kuch sinashishadi.

Germaniyada shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir start oldi

 

Germaniyaning Grenke shahrida 26-martdan 1-aprelga qadar shaxmat bo‘yicha Chess Classic and Open 2024 turniri bo‘lib o‘tadi.

 

Unda jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen va amaldagi jahon chempioni Ding Lijen ishtirok etadi. Musobaqa aylanma tizimda o‘tkazilib, qatnashchilar boshqa ishtirokchilarning har biri bilan 2 tadan o‘yin o‘tkazadi. Turnirning bir kunida ikki tur o‘yinlar o‘tkaziladi. O‘yinlar “tez klassik” vaqt nazoratida bo‘lib, butun o‘yin uchun 45 daqiqa va har bir yurish uchun 10 soniya qo‘shib beriladi.

 

Turnir to‘liq tarkibi:

 

Magnus Karlsen (2830)

Ding Lijen (2762)

Maksim Vaxier-Lagrave (2728)

Vinsent Keymer (2738)

Richard Rapport (2720)

Daniel Fridman (2590).

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика