1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Germaniyani chempion qilgan futbolchilar hozir qayerda?

Ularning ayrimlari allaqachon sportdagi faoliyatini yakunlagan.

Germaniyani chempion qilgan futbolchilar hozir qayerda?

 

Germaniya terma jamoasi o'z uyida o'tayotgan Yevro-2024da oltin medalni qo'lga kiritmoqchi va yirik turnirdagi so'nggi g'alabasining 10 yilligini nishonlamoqchi. 2014-yilning iyul oyida nemislar finalda Argentinani mag'lub etib jahon chempioni bo'lishgandi. Bugun nemislarni chempion qilgan futbolchilarni birgalikda eslaymiz.

 

Manuel Noyer, 38 yosh

 

O'sha mundialdan 10 yil o'tdi va Noyer hamon Germaniya terma jamoasining birinchi raqamli darvozaboni bo'lib qolmoqda. Bu aql bovar qilmaydigan narsa! 2014-yilgi jahon chempionatida Manuel barcha uchrashuvlarda maydonga tushib, to'rtta gol o'tkazib yuborgan. Joriy Yevropa chempionatida "Bavariya" darvozaboni hozircha to'rtta o'yin o'tkazdi va ikkita gol o'tkazib yubordi. Noyer Germaniya terma jamoasi tarixidagi o‘yinlar soni bo‘yicha kuchli 5 nafar futbolchidan biri hisoblanadi.

 

Filipp Lam, 40 yosh

 

Lam 2014-yilgi jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi sardori bo'lgan. U barcha o'yinlarda ishtirok etgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Jahon chempionatida g‘olib chiqqan so'ng Filipp terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Biroq, u "Bavariya"da yana uch mavsum o'ynadi. Futboldagi faoliyatini tugatgandan so'ng, Lam 2017-yilda Germaniyaning Yevro-2024 da'vosi uchun elchi etib tayinlandi. Keyin u "Shtutgart" klubi boshqaruv kengashining maslahatchisiga aylandi.

 

Jerom Boateng, 35 yosh

 

2014-yilgi jahon chempionati finalida Germaniya terma jamoasining ikki markaziy himoyachisidan biri. Turnirda Boateng yettita o‘yin o‘tkazib, gol ura olmagan. Uning terma jamoadagi faoliyati 2018-yilning noyabrigacha davom etgan. Ammo klub miqyosida hali ham davom etmoqda. 2021-yil sentabr oyida Jerom “Bavariya”ni tark etdi va erkin agent sifatida “Lion”ga o‘tdi. Yana ikki mavsumdan so'ng u klubsiz qoldi, ammo olti oydan so'ng u "Salernitana"ga borib qo'shildi. Yaqinda Boateng Avstriyaning "LASK" klubiga transfer qilindi.

 

Mats Xummels, 35 yosh

 

Xummels jahon chempionatida oltita uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol uradi. Mats ham yoshi katta bo'lishiga qaramay, futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqda. U Yevro-2024da o'ynashni xohlagan edi, lekin Yulian Nagelsmann uni jamoaga taklif qilmagani bilib, hafsalasi pir bo'ldi. Xummels shu yozda “Borussiya”ni tark etdi. Himoyachi uchun Italiya va Ispaniyada variantlari bor.

 

Bastian Shvaynshtayger, 39 yosh

 

Shvaynshtayger Germaniya terma jamoasining yarim himoyachisi. 2014-yilgi Jahon chempionatida Bastian oltita o'yin o'tkazdi va ikkita sariq kartochka oldi. Shvaynshtaygerning terma jamoadagi faoliyati 2016-yilning avgustigacha davom etgan. Katta sportni tark etgan Bastian turmush o'rtog'i, taniqli sobiq tennischi Ana Ivanovich bilan birga hayot kechirishmoqda.

 

Toni Kroos, 34 yosh

 

2014-yilgi jahon chempionatining yana bir g'olibi, u hali ham terma jamoada o'ynamoqda. Yaqinda Toni kutilmaganda futboldagi faoliyatini yakunlashini e'lon qildi, garchi u hali ham dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Nemis futbolchisi "Real"dagi so'nggi mavsumini Chempionlar ligasida g'alaba bilan yakunladi. 2014-yilgi jahon chempionatida Toni yetti o'yinda 2+3 natija qayd etgan.

 

Mesut O'zil

 

O'zil 2014-yilgi jahon chempionatida sakkizinchi raqamda o'ynagan. Turnirdagi yettita uchrashuvda Mesut bitta gol uradi va bitta golli uzatmani amalga oshiradi. U 2018-yilgacha Germaniya terma jamoasida o‘ynagan va o'sha yilgi muvaffaqiyatsiz jahon chempionatidan so‘ng terma jamoani tark etgan. Hujumkor yarim himoyachining klubdagi faoliyati 2023-yilning mart oyida yakuniga yetgan.

 

Tomas Myuller

 

Myuller 2014-yilgi jahon chempionatida terma jamoada ishtirok etgan va hali ham faoliyatini davom ettirmoqda. Ammo hozirda uning Germaniya terma jamoasidagi roli unchalik ahamiyatli emas. 10 yil oldin hujumchi nemislar orasida eng sermahsul futbolchiga aylangandi. U yetti uchrashuvda 5+3 ochko jamg'argan. Yevro-2024da Tomas Shotlandiyaga qarshi 1-turda atigi 20 daqiqa o'ynadi, biroq bitta golli uzatmani amalga oshira oldi. Myullerning klub darajasidagi butun faoliyati "Bavariya"da o'tgan.

 

Miroslav Kloze, 46 yosh

 

Germaniya terma jamoasining afsonaviy markaziy hujumchisi. U 71 ta gol bilan terma jamoa tarixidagi to'purar hisoblanadi. Kloze uchun JCh-2014 terma jamoadagi faoliyati uchun ajoyib turnir bo'ldi. O'sha turnirda Miroslav beshta o'yinda ikkita gol urdi. Keyin Kloze "Latsio"da yana bir necha mavsum o'ynadi va sportni tark etdi va murabbiy sifatida ish boshladi. U Germaniya terma jamoasi va "Bavariya"da murabbiy yordamchisi bo'lgan,

 

Andre Shyurle, 33 yosh

 

Shyurle JCh-2014da Germaniya terma jamoasining asosiy o'yinchisi bo'lmagan, biroq finalda u Kramer o'rniga 32-daqiqada zaxiradan maydonga tushadi va golli uzatmani amalga oshiradi. Umuman olganda, bu Andre uchun muvaffaqiyatli turnir bo'ldi. Oltita o'yinda u 3+1 hisobini qayd etib, jamoada to'p kiritish bo'yicha uchinchi bo'ldi. Uning Germaniya terma jamoasidagi faoliyati 2017-yilning mart oyida yakuniga etgan. 2014 yilgi jahon chempionatida forvard “Chelsi” sharafini himoya qilgan, keyin “Volfsburg”, “Borussiya Dortmund” va “Fulxem” klublarida o‘ynagan. Ayni vaqtda futbolchi biznes bilan shug'ullanmoqda.

 

Mario Gyotse, 32 yosh

 

Nemis futbolining “oltin bolasi” va jahon chempionati finalidagi yagona gol muallifi. Argentina bilan o'yinda Mario ikkinchi bo'lim oxirida zaxiradan maydonga tushadi va 113-daqiqada o'zining zarbasi bilan Germaniya terma jamoasiga g'alaba keltiradi. Bu hujumkor yarim himoyachining eng yaxshi vaqti bo'ldi, uning faoliyati, afsuski, jarohatlar tufayli buzildi. Umuman olganda, Gyotse 2014-yilgi Jahon chempionatida oltita o'yinda 2+0 hisobini qayd etgan. Ayni vaqtda futbolchi 2022-yildan beri Frankfurtning "Ayntraxt" klubida o'ynamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика