1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Gulistondagi oshxona yong‘inida 30 ga yaqin odam jabrlangan

Sirdaryodagi fojia bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ochiqlandi.

Gulistondagi oshxona yong‘inida 30 ga yaqin odam jabrlangan

Kecha, 2 dekabr kuni Guliston shahrining “Taraqqiyot” MFY hududida joylashgan ovqatlanish shoxobchasida yirik yong‘in yuz bergani xabar qilingandi. SSV holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan yong‘in haqida tez tibbiy yordam “Sall-markazi”ga soat 11:13 da xabar kelib tushgan. Tez tibbiy yordam brigadasi zudlik bilan soat 11:25 da voqea joyiga yetib borib, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatgan.

 

Hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish va tan jarohatlari olgan. Shundan 26 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan, 3 nafarining ahvoli qoniqarli bo‘lgani bois ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

 

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganov boshchiligidagi kombustiolog, reanimatolog, neyroxirurg, qo‘shma jarrohlar xirurgi, travmatolog va mikroxirurglardan iborat malakali mutaxassislar shu kunning o‘zida voqea joyiga yetib borib, bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

 

O‘ta og‘ir qabul qilingan bemorlardan 3 nafari vafot etgan. Hozirgi paytda shifoxonaga yotqizilgan 1 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib, u sunʼiy nafas olish apparatida. Reanimatsiyadagi mavjud bemorlarning 5 nafari stabil og‘ir, nafasi mustaqil, hushida.

 

Ayni paytda qabul qilingan bemorlardan ikki nafari homiladorligi sababli Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialiga ko‘chirilgan. Ularning ahvoli qoniqarli. Qolgan 15 nafar bemorning ham ahvoli qoniqarli bo‘lib, ular tegishli bo‘limlarda muolaja olmoqda.

 

Shifoxonada bemorlar uchun zarur bo‘lgan barcha dori-darmonlar mavjud. Ularga tegishli standartlar asosida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi har bir bemor salomatligini o‘z nazoratiga olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика