1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Guterrish: yadro qurolidan butunlay voz keching

BMT bosh kotibi atom urushi oqibatlaridan ogohlantirdi.

Guterrish: yadro qurolidan butunlay voz keching

 

Yadro qurolini qo‘llash eng maʼnosiz ssenariy. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xirosimadagi chiqishida aytib o‘tdi. 

 

"Yadro quroli maʼnosiz narsa. Oradan 70 yildan ortiq vaqt o‘tib biz 1945 yilda Xirosimani qoplab olgan yadro bulutidan nimani o‘rganganimizni o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Ushbu qurolga ega davlat atom urushi ehtimoliga yo‘q qo‘ymasligi kerak", — degan bosh kotib.

 

Guterrish sovuq urush yillarida o‘quvchilar bombardimon xavfi ostida partalar ostiga berkinishga o‘rganganini, ammo dunyo yetakchilari o‘z masʼuliyatidan hech qayerga berkina olmasligini taʼkidlagan.

 

"Mening ularga murojaatim oddiy: yadro qurolini qo‘llash variantidan butunlay voz keching", — deb qo‘shimcha qilgan bosh kotib.

 

Avvalroq dunyodagi yadro qurollari soni ochiqlangandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика