1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Gvatemala Prezidentiga suiqasd qilindi

Uning delegatsiyasi o‘qqa tutilgan.

Gvatemala Prezidentiga suiqasd qilindi

 

Gvatemala Prezidenti Alexandro Giammattei delegatsiyasiga o‘qotar qurollar bilan hujum qilindi. Bu  haqda “Radio Sonora” nashri xabar bermoqda. 

 

Qayd etilishicha, kortej Meksika bilan chegara yaqinida o‘qqa tutilgan. Hodisa oqibatida siyosatchi jabrlanmagan. 

 

Hozirda hujumchilar qo‘lga olinib, suiqasd sabablari o‘rganilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, suiqasd uyushtirganlarning barchasi Gvatemala fuqarolari. 

 

Eslatib o‘tamiz, 66 yoshli Giammattei 2020-yil yanvaridan beri mamlakatda prezidentlik qilmoqda. Avvalroq u Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика