JSST donorlarni hayotni saqlab qolish uchun saʼy-harakatlarni ko‘paytirishni moliyalashtirishga chaqirmoqda.
Hisobotda qo‘shimcha qilinishicha, 20 million afg‘on oziq-ovqat bilan taʼminlanmagan, 17,4 million kishi tibbiy yordamga muhtoj, 1,5 million bola emlanmagan.
Tolibon Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Sharofat Zamon Ammar JSST hisobotini rad etib, mamlakatda chaqaloqlar o‘limi haqidagi maʼlumot haqiqat emasligi, ona va bola o‘limi sezilarli darajada kamayganini qayd aytdi.


