Toshkent metrosida bayram kunlari poyezdlar harakatlanish tartibi to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Ramazon hayiti ayyomi kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, yaʼni soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida (11,12,14-aprel) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda va 13-aprel sanasida esa odatiy ish kunlari uchun belgilangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.


