1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Hindistonning eng boy bo‘ydog‘i uylanmoqda

Uning to‘yi sabab shaharda transport harakati cheklandi.

Hindistonning eng boy bo‘ydog‘i uylanmoqda

Kecha, 12 iyul kuni Hindistonning eng boy odami, 29 yoshli Anant Ambani va uning rafiqasi Radika Merchantning Mumbaydagi asosiy to‘y marosimi boshlandi. Anant Ambani milliarder Mukesh Ambaniga merosxo‘r hisoblanadi.

 

Tadbirda Britaniyaning sobiq bosh vazirlari Boris Jonson va Toni Bler, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va model Kim Kardashyan ishtirok etishlari kutilmoqda.

 

Shuningdek, bungacha o‘tgan marosimlarda dunyo yulduzdari Rihanna hamda Jastin Biber ham xizmat qilib, juda katta gonorar olgan. Xususan, Biber to‘ydan 10 mln dollar ishlab topdi. 

 

Maʼlumot uchun, Mukesh Ambani 2002 yilda otasidan Relianse Industries neft xoldingini meros qilib olgan. Uyushma Hindistondagi eng yirik xususiy korporatsiya hisoblanadi. Xolding tarkibida dunyodagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri bor. Forbes Ambanining umumiy boyligini 123,7 milliard dollarga baholagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика