1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Indoneziya elektron vizalarni onlayn tazrda bera boshladi

Bu xizmat 46 davlatga tegishli.

Indoneziya elektron vizalarni onlayn tazrda bera boshladi

 

Indoneziya hukumati 46 davlat, jumladan, Rossiyadan kelgan xorijlik sayyohlar uchun elektron vizalar berish bo‘yicha onlayn xizmatni ishga tushirdi.

 

Shuningdek, takomillashtirilgan tizim tufayli, sayohatchilar endi viza to‘lash uchun navbatda turishga majbur bo‘lmaydi.Indoneziya rasmiylariga ko‘ra, xizmatning ishga tushirilishi mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kirish turizmining o‘sishini rag‘batlantirishi kerak.

 

“Visa” olish uchun xorij fuqarolari saytda akkaunt yaratishi va viza arizasini ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Bundan tashqari, ular “Visa”, “Mastercard” yoki JCB logotipi tushirilgan kredit yoki debet kartasidan foydalangan holda xizmat haqini darhol onlayn tarzda to‘lashlari mumkin. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng  ma’lumotlar tekshiriladi. Agar ariza ma’qullansa, e-Visa arizachining hisobida ko‘rsatiladi.

 

Shu bilan bir qatorda, arizachi tasdiqlangan vizani smartfoniga yuklab olishi va Indoneziyaga kirishda nazorat punktida taqdim etishi mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика