1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Indoneziya poytaxti boshqa joyga ko‘chirilmoqda

Shuningdek, endi mamlakat markazi yangi nom bilan yuritiladi.

Indoneziya poytaxti boshqa joyga ko‘chirilmoqda

 

Indoneziya poytaxtini Jakartadan Kalimantanga ko‘chirmoqda. Yangi poytaxt Indoneziya joylashgan mintaqaning she’riy nomi sharafiga “Nusantara” deb nomlanadi. Poytaxtning ko‘chirilishi 2024-yilda amalga oshishi mumkin.

 

Asosiy infratuzilma, ofislar, maktablar va tibbiyot muassasalarini yaratish uchun 2 milliard dollar ajratiladi.

 

Bu bilan hukumat, muntazam suv toshqinlaridan aziyat chekayotgan va yerosti suvlarining ta’siri tufayli dunyodagi eng tez cho‘kayotgan shaharlardan biri bo‘lgan Jakartaga bosimni yumshatishga umid qilmoqda. Shimoliy Jakartaning ayrim qismlari cho‘kish tufayli yiliga taxminan 25 sm suv ostida qoladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика