1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Indoneziya vitse-prezidenti O‘zbekistonga besh kunlik tashrif bilan keldi

Indoneziya delegatsiyasi tarkibidan yuzga yaqin vazirliklar o‘rin olgan.

Indoneziya vitse-prezidenti O‘zbekistonga besh kunlik tashrif bilan keldi

 

Indoneziya vitse-prezidenti Maʼruf Amin 12-iyun kuni Toshkentga keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, TIV rahbari o‘rinbosari Bahrom Aʼloyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

 

Indoneziya delegatsiyasi tarkibidan yuzga yaqin vazirliklar, idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, tadbirkorlar o‘rin olgan. Besh kunlik tashrif davomida Indoneziya delegatsiyasi O‘zbekiston hukumati, vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazadi, ularda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilinadi.

 

Bundan tashqari, Indoneziya delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurib, u yerda Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasi bilan yaqindan tanishadi, viloyat va shahar rahbariyati bilan muzokaralar  o‘tkazadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика