Indoneziyaning Malang shahridagi stadionda tartibsizliklar oqibatida 100 dan ortiq halok bo‘ldi. Bu haqda “RiaNovosti” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, mag‘lubiyatga uchragan tomon muxlislari o‘yindan keyin maydonga chiqishgan, polisiya xodimlari esa ularni tinchlantirish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Shundan keyin tiqilinch boshlangan.
Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklarda kamida 127 kishi halok bo‘lgan va 180 kishi jarohat olgan.


