1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Indoneziyada kema halokatga uchradi

Yo‘lovchilar qurbon bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan.

Indoneziyada kema halokatga uchradi

 

Indoneziyaning Sumatra oroli qirg‘oqlarida tezyurar kema halokatga uchradi. Hodisa oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi.

 

Qurbonlar, asosan, ayollar va bolalardir. AP agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan, favqulodda xizmatlar ularni qidirmoqda. Hozirgacha 60 ga yaqin yo‘lovchi qutqarib olindi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alor oroliga yo‘lovchilarni olib ketayotgan tezyurar qayiq Indoneziya suvlarida to‘satdan yonib ketgandi. Unda 14 kishi favqulodda hodisa qurboni bo‘lgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика