Indoneziyada 87 kishi kuydirgi bilan kasallangani aniqlandi. Rasmiylarning maʼlum qilishicha, 3 kishi vafot etgan. Virusdan birinchi o‘lim holati 5-iyun kuni qayd etilgan.
Kuydirgi o‘limga olib keladigan yuqumli kasallik bo‘lib, odamga faqat kasallangan hayvonlarning go‘shtini isteʼmol qilish orqali yuqishi mumkin. Indoneziya Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatda epidemiyaga aynan zaharlangan go‘shtni isteʼmol qilish sabab bo‘lgan.
Birinchi qurbon kasal sigir go‘shtini sotgan. Kasallik tarqagan provinsiya maʼmuriyati virus aniqlangan paytdan boshlab 120 kun davomida yaqin atrofdagi hududni “qizil” xavfli hudud deb eʼlon qildi va aholiga faqat sog‘lom chorva go‘shtini isteʼmol qilishni tavsiya qildi.


