1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Iroq suv tanqisligi sabab neftini suvga ayirboshlamoqchi

Mamlakat Turkiya bilan suv resurslari bo‘yicha keng ko‘lamli hamkorlik kelishuviga erishdi.

Iroq suv tanqisligi sabab neftini suvga ayirboshlamoqchi

 

So‘nggi o‘n yilliklarda eng og‘ir suv tanqisligiga duch kelgan Iroq Turkiya bilan suv resurslarini boshqarish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha yirik hamkorlik kelishuviga erishdi. Ushbu tashabbus mamlakatdagi keskin ekologik va ijtimoiy muammolarni yumshatishga qaratilgan.

 

Kelishuvga ko‘ra, Turkiya kompaniyalari Iroq hududida suv omborlari va damblar qurilishi bilan shug‘ullanadi. Mazkur loyihalar Iroqning neft eksportidan tushadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Shu bilan birga, Iroq hukumati suv resurslari ustidan to‘liq suverenitet saqlab qolinishini alohida ta’kidlamoqda.

 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda kuchayib borayotgan qurg‘oqchilik va ekologik muammolar oqibatida 168 mingdan ortiq aholi o‘z uy-joyini tark etishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, minglab fermerlar suv yetishmasligi sabab dehqonchilik faoliyatini to‘xtatgan.

 

Mutaxassislar ushbu kelishuv Iroqning suv xavfsizligini ta’minlashda muhim qadam bo‘lishi mumkinligini, biroq uzoq muddatli barqarorlik uchun mintaqaviy hamkorlik va samarali boshqaruv hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini qayd etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика