Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kasalxonaga yotqizildi, deya xabar bermoqda AP siyosatchining idorasiga tayanib.
Bosh vazir idorasi uning ahvoli yaxshi ekanini va Tel-Aviv chekkasidagi Sheba kasalxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganini aytdi. Boshqa tafsilotlar ma'lum qilinmagan.
Walla shifoxonadagi manbalarga tayanib, Netanyaxu uyda hushidan ketganini, yiqilib, boshiga qattiq narsa urilganini yozadi. Nashrning Bosh vazirga yaqin bo‘lgan yana bir suhbatdoshining aytishicha, u kasalxonada hushida kelgan.
Ma'lumot uchun, Netanyaxu 73 yoshda.


