"Irlandiya Isroil bilan munosabatlarda barcha qizil chiziqlarni kesib o‘tdi", — dedi Isroil TIV Gideon Saar Irlandiya elchixonasi yopilganini eʼlon qilar ekan.
O‘tgan hafta Irlandiya hukumati bir yil avval Xalqaro Jinoiy sudga taqdim etilgan G‘azo sektorida falastinliklarga qarshi genotsid uchun Isroilga qarshi Janubiy Afrika Respublikasi tomonidan kiritilgan daʼvoga qo‘shilishini maʼlum qilgan edi. Irlandiya suddan davlat tomonidan sodir etilgan genotsid nima ekanini talqin qilishni kengaytirishni so‘ramoqda.
2024 yil may oyida Isroil o‘z elchisini Irlandiyadan chaqirib olgandi, chunki bu davlat Norvegiya va Ispaniya bilan birgalikda Falastin mustaqilligini tan olganini eʼlon qildi. Shu bilan birga, Irlandiya elchisi Isroilda ishlashda davom etadi.


