Isroil hukumati Ukrainaga qurol yetkazib berish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Binyamin Netanyax maʼlum qildi.
“Qurol yetkazib berish masalasi Isroilning avvalgi hukumati tomonidan ko‘rib chiqildi va rad etildi. Men bu mavzuni o‘rganib chiqaman va o‘zim maqbul deb hisoblagan javobni beraman”, — degan u.
Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, mazkur qaror Isroilning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Shuningdek, Quddus Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi.
Netanyaxu Qo‘shma Shtatlar allaqachon Kiyevga Isroilda bo‘lgan o‘q-dorilarning salmoqli qismini yuborganini taʼkidlab, bu Vashingtonning qarori ekanini taʼkidlagan.


