Istanbulning Fotih tumanida portlashlar yuz berdi. Bir nechta avtomobil yonib ketdi, deb xabar bermoqda Mynet portali.
Hozircha halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida maʼlumot berilgani yo‘q.
Baʼzi maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in avvaliga bir mashinani qamrab olgan, keyin to‘xtab turgan boshqa mashinaga o‘tgan. Voqea Istanbulning asosiy diqqatga sazovor joylari – Ayo-Sofiya va Moviy masjiddan 5 kilometr uzoqlikdagi Xo‘ja Mustafo ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbulning Beyoglu tumanidagi Istiklyal ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan va 38 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.


