“Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etayotgan Turkiston va Ozarbayjonni o‘rganish markazi rahbari Mehmet Tutunchu turkiy xalqlarning ilk oʻrta asrlardan to bugungi kungacha boʻlgan tarixiy yoʻlini xaritaga joylashtirganliklarni aytib oʻtdi.
"Toshkentda tashkil etilgan ushbu konferensiyani juda muhim deb hisoblayman va uning ahamiyatini yuqori baholayman. Chunki O‘zbekiston 100 yildan so‘ng ilk bor jadidlarni bu qadar yaqindan tanish, ularning faoliyatiga bu qadar chuqur nazar solish imkoniga ega bo‘ldi. Anjumanning asosiy ahamiyati – bugungi Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligi g‘oyasini yuz yil avval ilgari surgan jadidlarning takroran tarix sahnasiga chiqishiga imkon yaratildi. Ular shu g‘oya uchun og‘ir zamonda og‘ir kurashlarni boshdan kechirdilar, lekin o‘zlari orzulari ro‘yobini ko‘ra olmadilar. Bugun biz bu anjumanda bir millat, bir davlat sifatida jadid bobolarimizning vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari qayta jonlanganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Bu tuyg‘u bizga yangi marralarni zabt etishimizda yo‘l ko‘rsatishiga ishonamiz. Turkiy xalqlarning ilk o‘rta asrlardan to bugungi kunimizgacha bo‘lgan tarixiy yo‘lini xaritaga joylashtirdik. U yerda jadidlar faoliyati ham yaqqol aks etgan. Bunday nufuzli konferensiyada qatnashayotganimdan va ushbu xaritani ishtirokchilarga taqdimot qilganimdan xursandman. O‘zbekiston Prezidentning tabriklarini eshitib, mamnun bo‘ldim. Biz – necha yillardan buyon Turkiya va Yevropada yashab kelayotgan turklar doim turkiy xalqlarning hur, mustaqil bo‘lishini orzu qilib yashadik. Mana, bugun ayni shu yerda biz bir paytlar taqiq va ta’qib qilingan fikrlar, shaxslar yana yorug‘likka chiqqanini, qadr topayotganini ko‘rib turibmiz. Jadidlarning ezgu qarashlari bizga umid va ilhom beradi, ular o‘lgan bo‘lsa ham, ularning g‘oyalari o‘lmaydi, bizning maqsadimiz shu g‘oyalarga hayot baxsh etish – O‘zbekiston Prezidenti ham o‘z tabrigida shu jihatlarga e’tibor qaratgani quvonarli".


