1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Jahon banki Rossiya bilan bog‘liq barcha loyihalarini bekor qildi

Moliya instituti Moskvaning Ukrainadagi siyosatidan norozi ekanini maʼlum qilgan.

Jahon banki Rossiya bilan bog‘liq barcha loyihalarini bekor qildi

 

Jahon banki Ukrainadagi vaziyat fonida Rossiya va Belarusdagi barcha dasturlarini to‘xtatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

 

"Jahon banki jamoasi Rossiyaga 2014 yildan buyon yangi kredit yoki investitsiya ajratmagan. Shuningdek, 2020 yil o‘rtalaridan Belarus uchun ham yangi kreditlar berish to‘xtatilgan.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Jahon banki jamoasi RF va Belarusdagi dasturlarini darhol to‘xtatdi", — deyiladi tashkilot bayonotida.

 

Maʼlumot o‘rnida: Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada harbiy operatsiya boshlagach, G‘arb Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi. Cheklovlarning aksariyati moliya bozoriga qarshi qaratilgan. Xususan, Rossiyaning bir qator banklari AQSH, Yevropa va Buyuk Britaniya qora ro‘yxatiga kiritildi, shuningdek, SWIFT tizimidan uzib qo‘yildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH RF neft sanoatiga sanksiya joriy etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика