1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreya AQShdan bojxona tariflarida istisno so‘ramoqda

Seul bojlar evaziga energetika va kemasozlik sohasida hamkorlik taklif qildi.

Janubiy Koreya AQShdan bojxona tariflarida istisno so‘ramoqda

 

Ma’lum qilinishicha, 24-aprel kuni Vashingtonda ikki davlat o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda Janubiy Koreya savdo vaziri An Dok Kin Amerika tomoniga energetika va kemasozlik sohasidagi hamkorlikni taklif qilgan.

 

Vazir Janubiy Koreya energetika xavfsizligini mustahkamlash va Amerika bilan savdo aloqalarini tiklash yo‘lida ikki tomonlama loyihalarni ilgari surgan.

 

Shuningdek, 20-aprel kuni Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Xan Dok Su, AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni “tarixiy qarz” doirasida baholab, qo‘yilgan bojlar bo‘yicha qarshilik bildirmasligini aytgan edi.

 

Avvalroq, Tramp moliya vaziri Skott Bessent va savdo vaziri Xovard Lyutnik bilan uchrashganidan so‘ng, 75 ta mamlakat uchun bojxona tariflari vaqtincha kechiktirilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика