Shimoliy Koreya askarlari guruhi 9 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:30 atrofida chegaraning markaziy qismida ikki Koreyani ajratuvchi demilitarizatsiya zonasi doirasidagi demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgan.
Janubiy Koreya harbiylari karnaydan ogohlantuvchi signalni chalib, o‘q uzishgan. Shundan so‘ng Shimoliy Koreya harbiylari ortiga qaytishgan.
Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti mamlakat Shimoliy Koreya bilan chegarada ovoz kuchaytirgichlar qaytadan o‘rnatilayotganini maʼlum qilgandi. Seul rasmiylari bu qarorni Shimoliy Koreyaning davom etayotgan “axlat hujumlari”ga javob deb atadi.


