1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreya prezidentiga qarshi tergov boshlandi

U davlatga xiyonatda gumonlanmoqda.

Janubiy Koreya prezidentiga qarshi tergov boshlandi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat eʼlon qilgani uchun davlatga xiyonat qilishda gumon qilinmoqda, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi.

 

AFP yuqori martabali politsiyachiga tayanib yozishicha, Yun to‘ntarish uyushtirishda ayblanmoqda. Nashr bu holatda prezidentning daxlsizligi hisoblanmasligini va unga hatto o‘lim jazosi qo‘llanilishi ham mumkinligini yozmoqda.

 

Yonhap‘ning aniqlik kiritishicha, politsiya ikki shikoyatdan so‘ng tergovni boshlagan. Ulardan biri Koreya Innovatsion partiyasi (muxolifat partiyalaridan biri), ikkinchisi esa 59 nafar faollar guruhi tomonidan taqdim etilgan. Ushbu ayblovlar nafaqat prezident, balki sobiq mudofaa vaziri Kim yong Xyon, ichki ishlar vaziri Li San Min va harbiy holatni tatbiq etish uchun masʼul etib tayinlangan general Pak An Suga ham tegishli.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика