28 yanvar oqshomida Pusandagi Kimhe aeroportida Air Busan aviakompaniyasining Gongkongga uchayotgan samolyotida yong‘in sodir bo‘ldi. Mahalliy vaqt bilan soat 22:26 da samolyot uchish uchun tayyorlanayotgan paytida uning dum qismida yong‘in boshlangan. Alanga qisqa fursatda butun samolyotga tarqalgan.
Hodisa natijasida 169 yo‘lovchi favqulodda traplar yordamida zudlik bilan evakuatsiya qilingan, hech kim jarohat olmagan. Ekipaj va yo‘lovchilar xavfsiz tarzda samolyotni tark etgan.


