Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning xalqiga murojaati eʼlon qilindi.
Unda quyidagilar qayd etildi:
▪️ Halok bo‘lganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirildi. Ular muqaddas burch yo‘lida halok bo‘ldilar – yurt sarhadlarini asrash, bir metr ham yer bermaslik. Qurbonlarning oilalariga davlat yordam beradi.
▪️ Chegarachilarga o‘qlar “do‘li” yog‘ishidan qo‘rqmay, qahramonlik ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
▪️ Qurbonlar faqat Qirg‘iziston tomonida emas. Tezkor maʼlumotlarga ko‘ra, Tojikiston tomoni ham katta yo‘qotishlarga uchragan. Chegaralar masalasi hal etilmagan, shuning uchun nizolar kelib chiqmoqda.
▪️Nima bo‘lganda ham Qirg‘iziston bir metr yerni bermaydi va milliy manfaatlarni qatʼiyat bilan himoya qiladi.
▪️ O‘zbekiston bilan chegara masalalari deyarli hal qilingan, Tojikiston bilan esa yo‘q. Tarix shuni ko‘rsatadiki, bu masalalar sabr-toqat va puxtalik bilan ko‘rib chiqishni talab qiladi. Qirg‘iziston ularni imkon qadar tezroq hal qilishga harakat qilmoqda.


