
Tryudoning Liberallar partiyasi saylovda g‘alaba qozongan. Unga muxolifatda bo‘lgan Konservatorlar partiyasi mag‘lubiyatini tan olib, Tryudoni tabrikladi. Konservatorlar yetakchisi Erin O‘Tul bu haqda “Bugun men Tryudo bilan gaplashdim va uni qiyinchilik bilan erishilgan g‘alaba bilan tabrikladim”, deya maʼlum qildi.
Kanada saylov komissiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, liberallar mamlakatning 338 saylov okrugidan 156 tasida g‘alaba qozongan. Ular jami 31.8 foiz ovozga ega bo‘lgan. Konservatorlar esa 34 foizdan ortiq ovoz olgan, ammo jami 121 saylov okrugida yetakchilik qilgan.
Tryudo Kanadani 2015 yildan beri boshqarib keladi. U saylovlarda uchinchi marta g‘alaba qozondi. Ammo ekspertlar bunisi uning uchun eng qiyin saylov bo‘lganini aytmoqda. U bosh vazir lavozimini saqlab qolsa-da, liberallar partiyasi parlamentda ko‘pchilik o‘rinni egallay olmadi.
Jahongir Qo‘ziyev


