1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda fuqaro kriptovalyuta sabab mashinasidan ayrildi

U noqonuniy operatsiya sabab jarimaga tortilgan. Jarima to‘lanmagach, unga tegishli mashina MIB orqali xatlangan.

Jizzaxda fuqaro kriptovalyuta sabab mashinasidan ayrildi

Kripto-aktivlar bilan shug‘ullanish faqat qonun talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Qonunga xilof operatsiyalar esa moliyaviy jazo va mol-mulkning xatlanishiga olib keladi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JK 278⁸-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan sudlangan X.Q.ga 18,7 mln so‘m jarima tayinlangan.

 

Jarimani undirish jarayonida unga tegishli Nexia-3 avtotransport vositasi aniqlangan. Avtomashina yashash manzilidan topilmagani sababli qidiruvga berildi.

 

Qidiruv tadbirlari davomida avtotransport ijara asosida taksichilikda foydalanilayotgani maʼlum bo‘lib, u jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика