Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyatida yashovch 3 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, qalbaki 998 mln 740 ming so‘m pulni Jizzax viloyatida 27200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur shaxslardan olingan 200, 100 va 20 ming so‘mlik kupyuralar ko‘rinishidagi qalbaki banknotlar purkagichli printer yordamida chop etilganligi maʼlum bo‘ldi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


