1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxdagi madaniy meros obyektlariga turizm mahallasi maqomi beriladi

Shuningdek, ularga boradigan yo‘llar taʼmirlanadi.

Jizzaxdagi madaniy meros obyektlariga turizm mahallasi maqomi beriladi

Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda Jizzax viloyatida turizm va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

10 ta madaniy meros obyektida “Turizm halqasi” yaratilishi, ularga turizm mahallasi maqomi berilishi belgilandi. “Turizm halqasi” obyektlariga boradigan yo‘llarni taʼmirlash topshirildi.

 

Xalqaro “M-39” yo‘lining viloyat hududidan o‘tgan 98 kilometr qismidan kuniga 40 ming avtomobil qatnaydi. Bu yo‘lni chetida bo‘sh turgan 4 gektar yerlar tadbirkorlarga taklif qilinsa, 20 ming aholini doimiy band qilish mumkin.

 

Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimida turizm uchun yetarli salohiyat bor. Uni ro‘yobga chiqarish maqsadida Hukumat komissiyasi tuziladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика