Jo Bayden AQSH Prezidenti sifatida Yaqin Sharqqa birinchi tashrifini amalga oshirmoqda. Davlat rahbari dastlab Isroilning Tel-Aviv shahriga borgan. U “Ben Gurion” aeroportida Isroil rasmiylari tomonidan iliq kutib olingan.
“Men g‘urur bilan aytishim mumkinki, AQSHning Isroil bilan munosabatlari har qachongidan ham chuqurroq va kuchliroq”, — degan prezident.
AQSH rahbari o‘z nutqida Isroil-Falastin mojarosini ikki tomonlama hal etish tarafdori ekanini yana bir bor ta’kidlab o‘tgan.
Bayden ikki kun davomida Quddusda bo‘lib, Isroil yetakchilari, jumladan Lapid va sobiq Bosh vazir Benyamin Netanyaxu bilan muzokaralar olib boradi. Juma kuni bosib olingan Gʻarbiy Sohilda Falastin ma’muriyati (PA) rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashadi.


