Nomaʼlum shaxslar Oliy Majlis Senati veb-saytiga buzib kirib, Kiberxavfsizlik markaziga xabar qoldirdi.
«Kiberxavfsizlik markaziga salomlar», — deyiladi xabar matnida.
Mutaxassislar Toshkent vaqti bilan soat 12:04 ga kelib kiberhujumni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan.
Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xodimining maʼlum qilishicha, bu ish bilan markaz shug‘ullanmagan.
«Bu ish bilan bizdan ham yuqoridagilar shug‘ullanyapti. Rahbarim menga ham maʼlumot bermadi», — degan markaz xodimi.


