1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kiyim do‘konida kaltaklangan xodimning ishi sudga oshirildi

IIBB holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

Kiyim do‘konida kaltaklangan xodimning ishi sudga oshirildi

Avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan Inbazar savdo markazi filialida xodim do‘konning boshqa bir vakili tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgandi.

 

Aniqlanishicha, holat 13 sentyabr kuni ro‘y bergan. Sergeli tumanida joylashgan savdo majmuasida ishlovchi 2001 yilda tug‘ilgan B.A. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida birga ishlovchi 2006 yilda tug‘ilgan M.T.ni qo‘li bilan urgan. Ushbu holat savdo majmuasining boshqa xodimi – 1998 yilda tug‘ilgan X.E. tomonidan videoga olingan. Biroq, fuqaro M.T. mazkur holat yuzasidan muqaddam ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan.

 

Holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudiga yuborilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика