"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh nemis mutaxassisi Yurgen Klopp ketganidan so'ng ingliz klubidagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
"Murabbiyning o'zgarishi klubdagi holatimga ta'sir qiladimi? Yo'q. Bu hayot, hamma narsa o'zgaradi. Muhim futbolchilar va murabbiylar allaqachon "Liverpul"ni tark etishgan. Bir kun kelib men ham "Liverpul"dan ketaman. Kloppning ketishi mening kelajagimga ta'sir qilmaydi", - dedi Saloh.
Eslatib o'tamiz, misrlik futbolchi 2017-yilda "Roma"dan "Liverpul"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda Muhammad Saloh ingliz jamoasi safida barcha turnirlarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portali ma'lumotlariga ko'ra, 31 yoshli futbolchining narxi 65 million yevroni tashkil qiladi.


