1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kreml Putinning qarorgohiga dronlar hujumi bo‘yicha dalillarni taqdim etishdan bosh tortdi va hujumni Trampga zarba deb atadi

Ukraina hujum qilgani aytilayotgan hodisaga AQSH rasmiylari dalillarni taqdim qilishdan bosh tortmoqda.

Kreml Putinning qarorgohiga dronlar hujumi bo‘yicha dalillarni taqdim etishdan bosh tortdi va hujumni Trampga zarba deb atadi

Kreml Putinning Valdaydagi qarorgohiga deyarli yuzga yaqin Ukraina dronlari hujum qilgani haqidagi daʼvoni tasdiqlovchi dalillarni taqdim qilishdan bosh tortdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi

 

Unga ko‘ra, qarorgohga qilingan hujumni Vladimir Zelenskiy inkor etayotgani va bu borada ko‘plab G‘arb ommaviy axborot vositalarining uni qo‘llab-quvvatlayotgani mutlaqo bemaʼni.

 

G‘arb axborot agentligining hujum bo‘yicha dalillar jamoatchilikka taqdim etiladimi, degan savoliga javoban Peskov shunday dedi:

“Bunday ommaviy dron hujumi amalga oshirilgan bo‘lsa, qandaydir dalillar bo‘lishi shart, deb o‘ylamayman. Qoldiqlarga kelsak, bu borada aniq ayta olmayman. Bu, ko‘proq, harbiylarimizga tegishli masala”, — dedi Peskov.

 

Kremlga rasmiylari Putin qarorgohiga qilingan hujumni “terrorchilik harakati deb atadi, bu hujum nafaqat Putinga, balki AQSH prezidenti Donalʼd Trampga qarshi ham yo‘naltirilganini, shuningdek tinchlik muzokaralarini barbod qilishni ko‘zlaganini aytdi.

 

Putin, shuningdek, Trampga Rossiyaning Ukraina mojarosini tartibga solish bo‘yicha muzokaralardagi pozitsiyasi qayta ko‘rib chiqilishini maʼlum qilgan.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Rossiyaning shimol-g'arbida joylashgan Novogorod viloyatida joylashgan Putin qarorgohiga 91 ta dron orqali hujuj qilingani haqida xabar berilgan edi. Rus hukumati rasmiylarining aytishicha, hujumni Ukraina qilgan, biroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu hujumni Ukraina qilmaganini aytdi. Tahlilchilar fikricha, bu hujum shundoq ham Ukraina-Rossiya o'rtasidagi hal qilinmayotgan urushni yanada chigallashtirishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика