Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Ukraina mojarosini hal qilishga yordam berishi mumkinligini aytdi.
"Hindiston jahon sahnasida juda muhim o‘yinchi va Bosh vazir Modi o‘z ovozi bilan ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin. Umid qilamizki, yaqin haftalarda parda ortidagi diplomatiya faolroq bo‘ladi ", — dedi Kuleba.
Dushanba kuni Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar matbuot anjumanida Nyu-Dehli mojaroni hal qilish bo‘yicha Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar shartlarini belgilash niyatida emasligini, ular manfaatdorlar tomonidan taklif qilinishi kerakligini aytdi.
Maʼlumot uchun: sentyabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida Modi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda “bugungi davr urushlar davri emas”, degan edi.


