1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Latviya–Belorus chegarasida panjara qurishning 2-bosqichi boshlandi

Bu bosqichda, shuningdek, to‘siqlar  zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi.

Latviya–Belorus chegarasida panjara qurishning 2-bosqichi boshlandi

 

Joriy yilning aprel oyida Latviya–Belorus chegarasida panjara qurilishining ikkinchi bosqichi boshlanadi, bu safar uning uzunligi 63,9 kilometrga yetadi.

 

Birinchi bosqichda ikki davlat chegarasida 54 kilometrga yaqin panjara qurilgandi. Bu yilgi qishki ob-havo sharoiti botqoqli hududdagi ishlarni davom ettirish uchun noqulay bo‘ldi. Shu sababli ishlar to‘xtatilgan.

 

Qayd etilishicha, panjara qurilishiga parallel ravishda to‘siqni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari boshlangan.

 

Umuman olganda, loyiha 173 kilometrlik Latviya–Belarus chegara chizig‘ini qurishni nazarda tutadi. Joriy  yilning kuz oyining boshiga qadar ikkinchi (63,9 km) va uchinchi bosqich (16,7 km) bo‘yicha qurilish ishlari yakunlanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика